Entoni Blinken Xitoyga tashrifini kechiktirishga qaror qildi

Entoni Blinken Xitoyga tashrifini kechiktirishga qaror qildi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken xitoylik «razvedkachi shar» bilan bog‘liq vaziyat tufayli Xitoyga tashrifini kechiktirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda ABC telekanali

Tashrifning aniq sanalari e’lon qilinmagan, biroq OAV manbalariga ko‘ra, u 5-6 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Avvalroq, Pentagon AQSh shimolida Xitoyning razvedka havo sharini aniqlagani haqida xabr bergan edik.

Unga ko‘ra Pentagon havo sharini urib tushirmaslikka qaror qilgan, chunki bu tufayli tinch aholi jarohat olishi mumkin edi va sharning o‘zi hech qanday xavf tug‘dirmadi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili esa "Xitoy josuslik shari" mavzusini rivojlantirmaslikka chaqirdi. Vakilning tushuntirishicha, bu fuqarolik shari bo‘lib, shamol tufayli yo‘nalishdan jiddiy ravishda chiqib ketgan. Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vaziyatdan afsusda ekanligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!