Eng ko‘p kutilayotgan filmning suratga olish jarayoni yakuniga yetdi

Eng ko‘p kutilayotgan filmning suratga olish jarayoni yakuniga yetdi

Rejissyor Jeyms Kemeron "Avatar-2" filmining suratga olinishi yakunlanganligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Cinema Blend” portali.

Bundan tashqari, kinorejissyorning so‘zlariga ko‘ra, “Avatar-3” filmining suratga olish ishlari ham 95 foizga yakunlangan.

Suratga olish ishlari Yangi Zelandiyada 2017 yilda boshlangan. Ish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirilgan, ammo 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli Kemeron jamoasi suratga olish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

E’lon qilingan to‘rtta davomli “Avatar” filmining birinchisi 2022 yilning 16 dekabrda chiqishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!