"Eng jozibali xonanda" turmush qurganidan ikki oy o‘tib ajrashdi

"Eng jozibali xonanda" turmush qurganidan ikki oy o‘tib ajrashdi

“Victoria’s Secret”ning 2016 yilgi eng jozibali qo‘shiqchisi Demi Lovato turmush qurganidan atigi ikki oy o‘tib, turmush o‘rtog‘i "The Youngand and the Restless" teleserialining aktyori Maks Erix bilan ajrashdi.

Bu haqda TMZ o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Portal suhbatdoshining aytishicha, san’atkorlar oilaga emas, karyeraga e’tibor berishga qaror qilishgan.

28 yoshli Lovato va 29 yoshli Erix shu yilning iyul oyi oxirida Kaliforniyaning Malibu shahridagi plyajda turmush qurishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!