Endi o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘ladi

Endi o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda 30 kalendar kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Tegishli protokol ikki davlat ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Hujjatga ko‘ra, fuqarolarningbo‘lish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kundan oshmasa, ular mamlakat hududiga kirishi va harakatlanishi mumkin.

Hozirda har ikki davlat fuqarolari boshqa davlat hududida faqat besh kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin.

Shu bilan birga, hujjat loyihasida agar bir davlat fuqarosi boshqa davlatda 30 kalendar kundan ortiq bo‘lsa, u holda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishi shartligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, istalgan transport turida chegarani kesib o‘tishda migrasiya kartalarini olish va taqdim etish talabi hujjatdan chiqarib tashlangan.

Ayni paytda hujjat protokoli 12 dekabrga qadar davom etadigan jamoatchilik muhokamasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!