Endi O‘zbekiston maktablarida 64 xil kasb o‘rgatiladi

Endi O‘zbekiston maktablarida 64 xil kasb o‘rgatiladi

20 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’kidlanishicha, endilikda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblar o‘rgatiladi.

Hokimliklar 2 mingdan ortiq tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etib, ularni jihozlaydi va zarur ashyolar bilan ta’minlaydi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamg‘armasidan mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari shu kuni tarmoq va hududlar rahbarlariga qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida mas’uliyat va nazoratni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!