Endi Ozarbayjon - Eron chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Harbiylar vafot etdi

Endi Ozarbayjon - Eron chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Harbiylar vafot etdi

Ozarbayjonning Eron bilan chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Natijada Ozarbayjonning ikki askar  vafot etdi. 

Trend'ning Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, qoidabuzarlar  chegarachilarga  bo‘ysunmay,  ularga  qarata  o‘q  uzishgan.  Shu  bilan  birga,  ular  10  kilogramm  giyohvand modda solingan yukni uloqtirishgan va qochishga harakat qilishgan.

Otishma qurbonlari katta leytenant va kichik serjant edi. Bosqinchilardan biri hibsga olingan,  qolganlari qidirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!