Endi nikohlanuvchilarni OIV bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni elektronlashtiriladi

Endi nikohlanuvchilarni OIV bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni elektronlashtiriladi

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq:

🩺 nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi;

📍2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;

📲 2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi.

💻 2023 yil yakunigacha OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini ta’minlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!