Endi Islom diniga e’tiqod qilmaydigan ayollar juma kuni hijob kiyadi

Endi Islom diniga e’tiqod qilmaydigan ayollar juma kuni hijob kiyadi

Yangi Zelandiyada jamoat faollaridan biri bo‘lgan ayol islamofobiya agressiyasining misli ko‘rilmagan tahdidiga duch kelgan muslimalarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan birdamlikni namoyish etish maqsadida ushbu orol-davlat ayollarini juma kuni hijob kiyishga chaqirdi.

Birdamlik ro‘mollari tashkilotchisi bo‘lgan Anna Tomas Yangi Zelandiya ayollariga o‘zini musulmon ayollar o‘rniga qo‘yib kirish va o‘z qiyofasi bilan ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash uchun juma kuni shahar ko‘chalariga ro‘mol o‘rab chiqishni taklif qildi, axir Kraystcherch masjidlarida ro‘y bergan teraktlar shu paytgacha islamofobiyaning bu qadar shafqatsiz ko‘rinishlariga duch kelmagan Yangi Zelandiya musulmon ayollari qalbiga chuqur tashvish solgan.

Fojia ro‘y bergan kundan bir hafta o‘tgach, juma kuni hammamiz ro‘mol o‘rab, ularga hurmat bildirish niyatida musulmon opa-singillarimiz bilan yonma-yon yursak-chi, deb o‘ylab qoldim , - izoh berdi Tomas, deya iqtibos keltiradi newshub.co.nz sayti. Kraystcherch musulmon ayollari Annaning g‘oyasidan qattiq ta’sirlandilar, unga biramligi va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Hijobda yuradigan musulmon ayollar ko‘pincha ko‘chaga chiqishga qo‘rqadi, shunday ekan, ro‘mol o‘rab ular bilan yonma-yon qadam tashlashdan boshqa ularga madad berishning yaxshiroq usuli yo‘q , - dedi musulmon ayollar tashkiloti vakili Nasrin Xannif.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!