ENDI IPOTEKA KREDITIGA YO‘NALTIRILGAN ISh HAQI VA BOSHQA DAROMADLAR SOLIQQA TORTILMAYDI

ENDI IPOTEKA KREDITIGA YO‘NALTIRILGAN ISh HAQI VA BOSHQA DAROMADLAR SOLIQQA TORTILMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-377-sonli qarori (22.09.2022y.) qabul qilindi.

☑️Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

☑️E’tibor bering!
▪️Bunda imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi. Bu 73,6 mln. so‘mgachani tashkil etadi. Ayni paytda amaldagi kodeksga ko‘ra, bu summa 15 mln. so‘mgacha etib belgilangan.

▪️Mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida begonalashtirilganda, daromadlar soliqqa tortiladi. Ya’ni, agar siz ushbu imtiyozlardan foydalangan bo‘lsangiz, uy-joyingizni uch yil davomida sotmang. Agar sotsangiz sizga qo‘llanilgan imtiyozlar qaytarib olinadi.

☑️2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat beriladi.

☑️Asosiy yangiliklardan yana biri! 2021 yilda yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlari doirasida berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

☑️Yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlarda uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida Toshkent shahri tajribasi asosida ipoteka markazlarini tashkil etiladi.

Bu markazlarda tijorat banklari, quruvchi tashkilotlar va Notariuslar bir joyda faoliyat olib boradi. Fuqarolar ipoteka kreditiga uy-joy olish masalasini bir joyda hal etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!