Endi hokimlar bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Endi hokimlar bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Konstitusiyaning 99-moddasiga bu borada qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyevga tayanib bu haqda Darakchi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘lgan masalaga oid muhim qoida ham Konstitusiyada o‘z aksini topishi kutilyapti.

99-moddaga kiritilishi taklif etilayotgan yangi qismga ko‘ra, viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Shuningdek, amaldagi Konstitusiyaning 112-moddasiga ham yangi qism qo‘shilishi ko‘rib chiqilmoqda.

Ya’ni davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!