Emomali Rahmonning prezidentlik qasamyodini qabul qilish marosimi 30 oktyabrda bo‘lib o‘tadi

Emomali Rahmonning prezidentlik qasamyodini qabul qilish marosimi 30 oktyabrda bo‘lib o‘tadi

Tojikiston quyi palatasi spikeri Maxmadtoir Zakarizoda 15 oktyabr kuni mamlakatning ikki palatasi a’zolari o‘rtasidagi qo‘shma majlisni 30 oktyabrda o‘tkazish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Asia-Plus xabar tarqatgan.

Xabarga ko‘ra, shu kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan  Emomali Rahmon rasman prezidentlik qasamyodini amalga oshiradi.

Inaugurasiya marosimi dastlab hukumatning shahardagi rezidensiyasi Ko‘hi Somon saroyida, keyinchalik esa Millat saroyi binosida o‘tadi.

Emomali Rahmon Ko‘hi Samonda hukumat vakillari, parlament a’zolari va jamoatchilik vakillari ishtirokida konstitusiya, Tojikiston xalqi uchun qasamyod qiladi, Millat saroyida esa unga prezidentlik ramzlari – shtandart va guvohnoma taqdim qilinadi.

Yuqori martabali xorij delegasiyalari inaugurasiya marosimiga taklif qilinmagan.

Marosimdan so‘ng poytaxtdagi markaziy maydonda Dushanbe harbiy garnizoni va harbiy qismlarning askarlari ishtirokida parad o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!