Emomali Rahmon o‘z roziligisiz hukumat amaldorlariga dissertasiya yozishni taqiqladi

Emomali Rahmon o‘z roziligisiz hukumat amaldorlariga  dissertasiya yozishni taqiqladi

Ma’lum bo‘lishicha, 27 avgustda imzolangan buyruq 7 centyabrda respublika Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e’lon qilingan. Unga ko‘ra, mansabdorning hujjat topshirishi, dissertasiya yozishi va himoya qilishi uchun prezidentning roziligini olish tartibi belgilangan. Tojikiston rasmiylari tomonidan dissertasiya yozish va himoya qilishning yangi qoidalari joriy qilinishi respublika vakillarining so‘nggi yillarda tez-tez «Dissernet» ixtisoslashtirilgan portali tomonidan ko‘chirmachilikda ayblangani bilan bog‘liqligi taxmin qilingan.

Tojikiston prezidenti 2020 yilda olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvda bunday munosabat sababi deb «ilmiy rahbarlarning harakatsizligi, abituriyentlarning beparvoligi va dissertasiyalarning yuzaki tuzilishi» ekanligini qayd etgan.

«Bu zamonaviy texnologiyalar davrining kasalligi bo‘lib, u yosh olimlar va ularning rahbarlariga yuqadi. ‘Dissernet’ portali tomonidan plagiatda ayblangan 40 nafardan ortiq olim ilmiy ishlarini iqtisodiy va ijtimoiy mutaxassisliklar, shu jumladan, siyosatshunoslik va pedagogika bo‘yicha dissertasiyalar kengashlarida himoya qilgan», — degan Tojikiston rahbari.

https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/power/20210907/tadzhikskie-chinovniki-teper-smogut-napisat-dissertatsiyu-tolko-s-soglasiya-prezidenta


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!