Emomali Rahmon bugun Moskvaga jo‘nab ketdi

Emomali Rahmon bugun Moskvaga jo‘nab ketdi

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun Moskvaga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi.

Ushbu tashrif davomida davlat rahbari Rossiya Prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashining amaldagi raisi sifatida bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etishi kutilmoqda. Parad 9 may kuni G‘alaba kunining 76 yilligi sharafiga "Qizil" maydonda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!