Emmanuel Makron va Jo Bayden Rimdagi uchrashuvda qurol eksportini muhokama qildi

Emmanuel Makron va Jo Bayden Rimdagi uchrashuvda qurol eksportini muhokama qildi

G20 sammitida Fransiya va AQSh prezidentlari Emmanuel Makron va Jo Bayden Rimdagi uchrashuvda harbiy savdo va qurol eksportini muhokama qilishdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, Makron va Bayden "bozorga kirish va harbiy eksport bilan bog‘liq masalalarga umumiy yondashuvni ilgari surish" maqsadida harbiy savdo bo‘yicha strategik muloqotni boshlash niyatida. “Shu nuqtai nazardan, ikki davlat hukumatlari mudofaa mahsulotlarini eksport qilishga ruxsat berish samaradorligini oshirish choralarini belgilaydi”, — deyiladi bayonotda. Bundan tashqari, mamlakatlar kosmik sohadagi hamkorlikni mustahkamlash niyatida.

"Prezidentlar YevroAtlantika mintaqasi xavfsizligi, shuningdek, farovonligi uchun muhim bo‘lgan strategik sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqlaydilar", — deya qo‘shimcha qilingan hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!