Emmanuel Makron arman tilida Armanistonni qo‘llab-quvvatladi

Emmanuel Makron arman tilida Armanistonni qo‘llab-quvvatladi

Fransiya prezidenti  Emmanuel Makron "Facebook"da arman tilidagi yozuvini joylashtirdi. U Syunikdagi vaziyat bilan bog‘liq ravishda arman xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston hududiga bostirib kirdi. Ular zudlik bilan olib tashlanishi kerak", deb yozgan  Fransiya rahbari.

13 may  oqshomida  Makron  Armaniston  Bosh  vaziri  vazifasini  bajaruvchi  Nikol  Pashinyan  bilan  telefon  orqali  suhbatlashdi.  Ular  Ozarbayjon  qurolli  kuchlari kirib kelgan Syunik mintaqasidagi vaziyatni muhokama qildilar.

14 may kuni Armaniston-Ozarbayjon  chegarasidagi  vaziyat  Rossiya  va  Ozarbayjon  xavfsizlik  kengashlari  kotiblari  tomonidan  muhokama  qilindi.  Ayni  paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pashinyan bilan suhbatlashib, vositachilik yordamini taklif qilgan.

Avvalroq Armaniston  mudofaa  vazirligi  Ozarbayjon  qo‘shinlarining  Armanistonning  Syunik  viloyatiga  kirib  borishi  to‘g‘risida  xabar  berdi.  Vazirlikning  aniqlik  kiritishicha,  12  may  kuni  Ozarbayjon  Qurolli  Kuchlari  chegaralarni  aniqlashtirish  bahonasida  chegara  hududida  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirishga urinishgan.

Armaniston  qo‘shinlari  bo‘linmalari  tegishli  choralarni  ko‘rdilar  va  shundan  so‘ng  Ozarbayjon  harbiylari  ishni  to‘xtatdilar.  Vaziyatni  hal  qilish  bo‘yicha  muzokaralar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!