Emlanmaganlarga ham Masjidul Haramaynni ziyorat qilishga ruxsat berildi

Emlanmaganlarga ham Masjidul Haramaynni ziyorat qilishga ruxsat berildi

Vaksinasiya qilinmagan musulmonlarga, agar ular infeksiyalanmagan yoki Covid-19 bemor bilan aloqada bo‘lmagan bo‘lsa, ibodat qilish uchun Makka shahridagi muqaddas Masjidul Haromga kirishga ruxsat beriladi, dedi Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi.

Madinadagi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning masjidlari – Masjidul Nabaviyyada ham xuddi shunday shart bilan namoz o‘qishlari mumkin.

"Emlanmagan odamlarga ikkita muqaddas masjidda namoz o‘qish va Eatmarna ilovasi orqali umra qilish uchun ruxsat olish, agar ular kasal bo‘lmasa va COVID-19 bemor bilan aloqada bo‘lmasa, ruxsat berildi", deb tushuntirdi vazirlik.

Umraning yangi mavsumi hijriy yangi Islom yilining kirib kelishi munosabati bilan shanba kuni boshlandi.

Xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari 10 milliondan ortiq musulmonni kutilayotgan yangi mavsumga yetarlicha hozirlik ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!