Elizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizildi

Elizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizildi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp o‘zini yomon his qilgani uchun kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda «Reuters» bukingem saroyi matbuot xizmatiga tayanib.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, 99 yoshli Filipp ehtiyot chorasi sifatida davolovchi shifokori tavsiyasiga binoan kasalxonaga yotqizilgan.

Edinburg gersogi bir necha kun kasalxonada kuzatuv ostida yotishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!