Elizaveta II ning turmush o‘rtog‘i jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi

Elizaveta II ning turmush o‘rtog‘i jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi 99 yoshli Filipp yurak operasiyasini boshdan o‘tkazdi va yaqin kunlarni kasalxonada o‘tkazadi. 

Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmatiga asoslanib «BBC» xabar bermoqda.

Saroyning ta’kidlashicha, 3 mart kuni Edinburg gersogi avliyo Varfolomey kasalxonasida yurak xastaligi sababli ushbu muolajani boshdan o‘tkazgan. U keyingi davolanish ishlari uchun yana bir necha kun kasalxonada qoladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!