Elektr ta’minoti: O‘zbekiston tarixida avval kuzatilmagan rekord darajadagi yirik loyihalar xususida

Elektr ta’minoti: O‘zbekiston tarixida avval kuzatilmagan rekord darajadagi yirik loyihalar xususida

Joriy yilda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoxud O‘zbekiston tarixida avval kuzatilmagan rekord darajadagi yirik loyihalar xususida qisqacha:

1. 2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida elektr energetika sohasida 4 341 MVt.ga teng bo‘lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha jami 10 ta shartnoma imzolandi (Bu 4 341 MVt hajm O‘zbekistonda amaldagi o‘rnatilgan quvvatlarning qariyb uchdan birini tashkil qiladi).

2. Joriy yilda Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVt.dan bo‘lgan 2 ta quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi (Bu O‘zbekiston tarixida birinchi yirik hajmdagi quyosh elektr stansiyalari hisoblanadi).

3. 2021 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 800 MVt.ga teng bo‘lgan issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi (Bir yilda bu kabi yirik hajmdagi quvvatlar avval ishga tushirilmagan).

4. 2021 yilda yuqori kuchlanishli 17 ta podstansiyada qo‘shimcha 1 568 MVA (megavolt amper) quvvat oshiriladi. Shuningdek, 3 ta yirik investisiya loyihasi ishga tushiriladi. (Bir yilda bu hajmdagi quvvat va loyihalar avval ishga tushirilmagan).

5. 2021 yil davomida uzunligi 15 000 km bo‘lgan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangidan quriladi va rekonstruksiya qilinadi. (Bu O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik hajmdagi yangilash ishlari hisoblanadi.)

6. 2021 yilda 4 000 ta transformator punkti modernizasiya va rekonstrksiya qilinadi. (Bu ham O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik hajmdagi yangilash ishlari hisoblanadi.)

P.S: Ma’lumotlar Energetika vazirligi tomonidan e’lon qilingan xabarlar asosida tayyorlandi. Tan olish kerak, Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan energiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!