Elchi: Ukraina Indoneziyadan Putin va Zelenskiy o‘rtasida G20 uchrashuvini tashkil qilishni so‘ramagan

Elchi: Ukraina Indoneziyadan Putin va Zelenskiy o‘rtasida G20 uchrashuvini tashkil qilishni so‘ramagan

Ukraina Indoneziyadan G20 sammitida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil qilishni so‘ramadi, dedi Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares.

“Ukraina bizga bunday taklif bilan kelgani yo‘q, biroq Indoneziya G20 doirasidagi bunday uchrashuvga ko‘maklashishdan juda xursand bo‘lardi”, - deb ta’kidlaydi Tavares.

U Indoneziya mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga ko‘maklashishni istashini ta’kidladi.

Avvalroq Bloomberg agentligi Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga tayanib, Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Balidagi G20 sammitida ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!