El ardog‘idagi ayol - Tohiraxon Muydinova

El ardog‘idagi ayol - Tohiraxon Muydinova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kosonsoy tumanidagi Xalq qabulxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan faol va talabchan rahbar, mehribon va kuyunchak ona Tohiraxon aya Mo‘ydinovaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “El ardog‘idagi ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toxiraxon opa Muydinova Kosonsoy tumanida tug‘ilib o‘sgan, o‘zining ko‘p yillik halol mehnati tufayli tuman kutubxonasida oddiy kutubxonachi sifatida ish boshlab, uzoq yillar bir qator lavozimlarda 53 yil xalqimiz manfaati yo‘lida sidqidildan mehnat qildi.

Jumladan, faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Respublika kasaba uyushmasi federasiyasi, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan bir necha marotaba taqdirlangan.

Shuningdek, 1990 yilda “Mexnat faxriysi” medali, 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy yorlig‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 1992 yil 1 yilligi, 2011 yil 20 yilligi, 2021 yil 30 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishonlari bilan, 2020 yilda Respublika xotin-qizlar qo‘mitasining “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni, 2020 yil O‘zbekiston faxriylarni ijtimoyi faoliyatini qo‘llab quvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vasiylik kengashining 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni, 2020 yil “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishonilari hamda 2021 yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Tohira opa umrini ezgu ishlarga baxshida etgan, hayoti, bosib o‘tgan yo‘llari, el-yurt xizmatidagi fidoyiligi, kamtarligi, doimo oddiy insonlarning muammolarini yechimini topishdagi sayi-harakatlari hamyurtimiz Toxiraxon opa Muydinovaning hayot yo‘llaridagi tajribasi barchaga, ayniqsa, yoshlarga, xotin-qizlarga ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi, Tohira opani tanigan-bilganlar, ularning beg‘araz yordamlaridan bahramand bo‘lgan, viloyat, shahar, tumanlar mas’ullari bilan suhbatlashganda, eng avvalo insoniylik, samimiylik va halollikda shakllanganligi, o‘z fikri, o‘z ovozi, o‘z pozisiyasiga ega ekanligini ta’kidlaydilar va e’tirof etadilar.

Samadjon Qodirov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi

Mansurbek Darmonov
Namangan viloyat sudi malaka hay’ati kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!