Ekstrasenslar borligiga ishonasizmi? Ular kimlar?

A A A
Ekstrasenslar borligiga ishonasizmi? Ular kimlar?

So‘nggi 10 yillikda chetda ham yurtimizda ham paranormal qobiloyatlar, ekstrasenslar deb ataluvchi insonlar juda ko‘payib ketdi. Ba’zilar ulardan ehtiyot bo‘lishga, qochishga harakat qilishadi, ba’zilar esa, aksincha, oddiy shifokorlarga murojaat qilishdan ko‘ra ekstrasenslar xizmatidan foydalanishni afzal ko‘rishadi.

Agar buyuk olim Nyutonning stolida telefon jiringlasa va u trubkani olib, u yerdan ovoz eshitgan bo‘lsa bu biz uchun juda g‘ayritabiiy holat bo‘lar edi. Chunki u vaqtda elektr toki, uning xossalari va amaliy qo‘llanilishi hali kashf etilmagan edi. Shu tufayli endi zamonaviy fizika masofadan turib fikrni uzatish (telepatiya), kelajakni ko‘rish (proskopiya), ekstrasensor davolash kabi ajoyib qobiliyatlarni tan olish va tushuntirish arafasida. Ammo faktlar doim haqiqatlarni gapiradi va agar bu kabi g‘ayritabiiy hodisalar umume’tirof etilgan tushunchalar doirasida bo‘lmasa, ularga zid bo‘lsa, darhol rad etiladi. Yaqinda fransuzlar ruhning og‘irligini o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. O‘layotgan odam aniq shkalaga joylashtirildi va u o‘limidan so‘ng tanasi biroz yengillashdi, chunki ruh tanani tark etgan edi. Shunday qilib bugungi kunda insonlarni hayron qoldirish juda qiyin. Bizga kim ekanimizni tushuntirishning eng yaxshi usuli esa aniq ekstrasenslik ya’ni psixika deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu haqida aniq professionallar javobini tinglanganimiz nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Interfacs Time jurnali muxbiri savollariga mashxur tabib, xalqaro an’analar uyi prezidenti Anatoli Osipov javob beradi.
-Anatoliy Ivanovich, qachon o‘zingizni paranormal qobiloyatga ega ekanligingizni his qildingiz?
- (Ekstrasens olim javob beradi) Ekstrasens so‘zi "ruhiy o‘ta sezgir" degan ma’noni anglatadi. So‘nggi vaqtlarda bunday qobiloyatga ega insonlar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Miya jarohatidan so‘ng paranormal qobilyat sohibi bo‘lishi odatiy hol emas. Buning sababi shundaki, miyaning ba’zi qismlari shukastlanish oqibatida bloklanadi va boshqalari esa faolroq ishlay boshlaydi. Klinik o‘limni boshdan kechirgan odam ekstrasensga aylangan holatlar ham mavjud. Men ekstrasens bo‘lib tug‘ilganman deb ayta olmayman. Ammo bu holat menda juda erta boshlangan. Masalan, hech kim hali ilg‘ashga ulgurmagan oyoq tovushlarini eshita olar edim, yo‘q joydan musiqalar va ovozlarni eshitar edim. Do‘stlarim esa hech qanday tovush eshitmayotganini takrorlar edi. Voyaga yetgach men o‘z qobiloyatlarimni rivojlantirishga harakat qildim, ba’zi falsafiy maktablarning ezoterik usullariga amal qildim va tanamni tozalab, uzoq vaqt o‘z ustimda ishladim. Aslida, inson hech qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lmaydi. Siz hamma narsa uchun pul to‘lashingiz kerak. Ishning barcha tamoyillari haqida gapirish mumkin emas. Ammo o‘z ustingizda ishlab, yuqori natijaga erishsangiz darajangizni saqlab qolishga harakat qiling.

-Ekstarsenslar oddiy odamlar orasida yashashi qiyinmi?

- Umuman olganda, ha. Axir oddiy odam bilmagan ko‘p narsani biz bilamiz. U o‘zi haqida, jamiyat va odamlar haqida ham biladi. Buni tushuntirish qiyin, lekin bilim yuki juda og‘ir. Men ravshanlik qobiloyatiga ega odamlar haqida bilar edim, ular bu qobiloyatini namoyish qilishdan qo‘rqishar va bu bilimlaridan voz kechishga ham tayyor edilar. Shu sababli men so‘nggi vaqtlarda ko‘proq psixologik terapiyaga emas, balki jamiyat ishlariga o‘zimni chorlayapman. Bizning vazifamiz insoniyat manfaati uchun butun Yerni tinchlik bilan qamrab olish.

- Oddiy odam, agar chindan xohlasa, ekstrasens bo‘lishi mumkinmi?

- Aslida, ha, bo‘lishi mumkin. Chunki bunday imkoniyatlar har qanday inson uchun xosdir. Lekin aytib o‘tganimdek, bu juda qiyin: bilim va ko‘p mehnat talab qiladi.

Dunyo yaratilgandan beri barcha sirli va tushunarsiz narsalar topishmoqlar va taxminlar bilan to‘lib-toshgan. Ilgari hech qachon paranormal qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga duch kelmagan va shunga mos ravishda ularni o‘zida his qilmagan har bir kishi, ekstrasenslik bilan uchrashganda, ularning imkoniyatlari uchun mantiqiy tushuntirishlarni izlay boshlaydi. Biroq, bizning ongimiz hali ham ko‘p narsani tushunishga va tushuntirishga qodir emas! Deyarli har bir inson hayotida hech bo‘lmaganda bir marta tushunarsiz narsalarni ko‘rgan ... Masalan, akrobat sirk gumbazi ostidagi yupqa arqonda yurganda ... Yoki kimdir o‘zidan bir necha baravar og‘ir yukni ko‘targanda .. Yoki yogistlar o‘z tanasi ustidan hokimligini namoyish qilganda, yalangoyoq cho‘g‘ yoki shisha singan yerda yurishadi. Olovni "yutadigan" va tanasini igna (yoki boshqa narsa) bilan teshadigan odamlar haqida nima deyish mumkin? Shok bilan birga, bu odamlar qattiq tayyorgarlik va qat’iyat tufayli bunday natijalarga erishganliklarini anglash mumkin. Ammo tarixda bolaligidan ruhiy qobiliyatga ega bo‘lgan odamlar ham bor!

Material sayt nuqtai nazarini ifodalamaydi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!