EIning aksariyat mamlakatlari G‘arbiy Sohilda Isroil aholi punktlari bilan savdo qilishni taqiqlamoqchi

EIning aksariyat mamlakatlari G‘arbiy Sohilda Isroil aholi punktlari bilan savdo qilishni taqiqlamoqchi

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda Isroil aholi punktlari bilan savdoga qo‘yilgan cheklovlarni yanada kuchaytirishni qo‘llab-quvvatladilar, ammo yakuniy qaror qabul qilinmadi.

Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi a’zo davlatlarga aholi punktlaridan olingan mahsulotlar bo‘yicha amaldagi siyosatni kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni taqdim etdi.

"Noqonuniy aholi punktlari bilan savdo qilishni taqiqlash varianti a’zo davlatlar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlandi", dedi Kallas jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

U bu Isroilga qarshi choralar haqida emas, balki faqat Yevropa Ittifoqi xalqaro huquq bo‘yicha noqonuniy va ikki davlat yechimini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi deb hisoblaydigan aholi punktlariga tegishli ekanligini ta’kidladi.

Evropa Komissiyasi tomonidan taklif qilingan variantlar orasida aholi punktlaridan importni to‘liq yoki qisman taqiqlash, eksport lisenziyasini qat’iylashtirish va tariflarni joriy etish ham bor.

Kallasning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar Yevropa Ittifoqining doimiy vakillariga tashabbus ustida ishlashni davom ettirishni buyurdilar. U bu masalani muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirishni istisno qilmadi.

Avvalroq The Guardian nashri Yevropa Ittifoqi vazirlari bu masalani bo‘lajak yig‘ilishda muhokama qilishlarini, ammo Yevropa Ittifoqi a’zolari o‘rtasida Isroilning pozisiyasi borasida davom etayotgan kelishmovchiliklar tufayli aholi punktlari bilan savdo qilish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qila olmasligini xabar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансфе