EIda Rossiya bilan aloqalarni tiklash tarafdori bo‘lgan siyosatchilar borligi aytildi
Rossiyaning Chexiyadagi elchisi Anna Ponomaryova mamlakatda, jumladan siyosatchilar orasida ham Rossiya bilan aloqalar va hamkorlikni tiklash tarafdori bo‘lgan kishilar borligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ayrim siyosatchilar Rossiya bilan konstruktiv munosabatlar o‘rnatishga intiladi. Shuningdek, Rossiyaga tashrif buyurib, Moskva bilan ochiq muloqot qilishdan qo‘rqmaydigan siyosatchilar ham bor.
Ponomaryova bu haqda «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
