EI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda

EI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda

Evropa Ittifoqi davlatlari BMT Bosh Assambleyasi doirasida Rossiyaga o‘zlarining “javobi”ni muhokama qilmoqda, muhokamalar maxfiy. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rasmiy vakili Peter Stano ma’lum qildi.

“Avval aytganimizdek, bu qadam ma’lum oqibatlarga olib keladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar allaqachon muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazdi, biz boshqa narsalar qatori, har tomonlama tajovuzkorlikka javob berishni ham muhokama qilmoqdamiz. Lekin bu muhokamalar maxfiydir”, - dedi u referendum o‘tkazilishi haqidagi savolga javob berib.

Dushanba kuni DXR va LXR jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga zudlik bilan Rossiya Federasiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Seshanba kuni Xerson viloyati Jamoatchilik kengashi ham shu taklif bilan viloyat rahbariga murojaat qildi. Keyinchalik, imkon qadar tezroq Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish talabi Zaporojye viloyati ma’muriyati rahbari Yevgeniy Baliskiyga ham yo‘llangan.

Hududlar vakillari o‘z murojaatlarida ta’kidlaganidek, Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!