EI mamakatlari Ukrainaga 50 milliard yevroga yaqin mablag‘ yordam qilishgan

EI mamakatlari Ukrainaga 50 milliard yevroga yaqin mablag‘ yordam qilishgan

Evropa ittifoqi Ukrainaga 50 milliard yevro yordam ko‘rsatgan, shuning 10 milliardi harbiy sohada ko‘rsatildi, deb bayonot berdi Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Madridda bo‘lib o‘tgan “Yangi iqtisodiyot” forumida unga mukofot berish marosimida.

"Agar Yevropaning Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy, iqtisodiy, makromoliya, gumanitar yordamlarni qo‘shib hisoblasak, 50 milliard yevroga yaqinlashib qoladi", — dedi u.

Siyosatchining ta’kidlashicha, AQShning Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy yordami 17 milliard yevroni tashkil etgan, Yevroittifoq mamlakatlari esa qariyb 10 milliard yevro. Bu borada YEI ajratgan mablag‘ dunyo bo‘yicha eng kattasi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!