EI davlatlari Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning yangi qismi bo‘yicha kelishib oldi

EI davlatlari Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning yangi qismi bo‘yicha kelishib oldi

O‘tgan hafta Vengriya hukumati kelishuvga qarshiligini ma’lum qilgandi. Biroq, uchrashuv boshlanishidan avval Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

Reuters agentligining Yevropa Ittifoqi hukumatidagi manbasiga ko‘ra, Yevropa bloki fevral oyida kuchga kirishi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi ustida ham ishlamoqda.

Paket tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi, biroq hozirdan ma’lumki, boshqa narsalar qatorida, urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash uchun Rossiya Markaziy bankining Yevropada muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalanish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu yerda gap 300 milliard yevro haqida ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!