Efiopiyaga misli ko‘rilmagan ocharchilik tahdid solmoqda - BMT

Efiopiyaga misli ko‘rilmagan ocharchilik tahdid solmoqda - BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Efiopiya aholisi o‘nlab yillar davomida misli ko‘rilmagan ocharchilikka duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tashkilotning yangi hisobotida aytilishicha, Efiopiyaning Tigray mintaqasidagi harbiy to‘qnashuvlardan zarar ko‘rgan aholining 70 foizdan ko‘prog‘i ochlikdan aziyat chekmoqda. BMT tasnifiga ko‘ra, 350 mingga yaqin kishi ocharchilikka yaqin, bu oziq-ovqat yetishmovchiligining so‘nggi, beshinchi bosqichi.

BMTning xabar qilishicha, bir necha o‘n yilliklar davomida hech bir mamlakatda ocharchilikka uchragan odamlar bunchalik ko‘p bo‘lmagan. Efiopiyaning shimoliy qismida 5,5 million kishi to‘yib ovqatlanmaydi. To‘qnashuvlardan qishloq joylardagi aholi jiddiy zarar ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!