Edvard Lidskalninning marjon qal’asi.

Edvard Lidskalninning marjon qal’asi.

AQShda og‘irligi 30 tonnaga teng marjon qal’a mavjud. U latviyalik muhojir, havaskor arxitektor Edvard Lidskalnin tomonidan qurilgan. 

Eng sirli tomoni u qal’ani bir o‘zi, hech kimning yordamisiz qurgan. Qo‘shnilarining ma’lum qilishicha, Edvardning traktorlari ham, yuk mashinalari ham bo‘lmagan. U toshlarni o‘zi kesib, qurilish joyiga olib kelgan. Ammo bo‘yi 152 sm, og‘irligi 45 kg bo‘lgan kichik odam qanday qilib bunday katta toshlarni kesib olib kelgani noma’lumligicha qolmoqda. 

Lidskalnin faqat tunda ishlagan va mehmonlarni yoqtirmagan. Qo‘shnisining uyida qurilish boshlanganda, u qal’asini boshqa joyga ko‘chirgan. Shunda ham u og‘ir skulpturalarni hech kimning yordamisiz o‘zi yuk mashinasiga ortgan. Arxitektor uning ish jarayonini hech kim ko‘rmasligi uchun qattiq harakat qilgan. 

U Misr piramidalarining qurilish sirini ochganini bildirgan, ammo sir nimada ekanligini hech kimga aytmagan. Marjon qal’asining qurilish uslubi haligacha sirligicha qolmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!