Dzyudochilarimiz Ekvadorda mamlakatimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishdi

Dzyudochilarimiz Ekvadorda mamlakatimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishdi

Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha uch kun davom etgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mamlakatimiz sportchilari uchun har tomonlama murosasiz kechdi.

Musobaqalarda 15 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 63 ta davlatning 370 dan ziyod dzyudochilari bilan tengma-teng bahslashdi.

Jahon chempionatining birinchi kunida Azizbek Ortiqov 66 kilogramm og‘irlikda kumush medalga musharraf bo‘ldi.

Kurashlarga boy chempionatning so‘nggi kunida 90 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Mamatrahimov finalga qadar Aydar Aripov (Qozog‘iston), Karl Baatxe (Shvesiya), Aleks Kretni mag‘lubiyatga uchratdi.

Oltin medal uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Todakani musobaqadan chiqarib yuborgan vengriyalik Peter Safrani bilan bellashdi.

Shiddatli va o‘ziga xos ruhiy bosim ostida o‘tgan musobaqada Jahongir vazmin harakati va chapdastligi evaziga Peterni dog‘da qoldirdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning g‘alabasi sharafiga Ekvadorda O‘zbekiston madhiyasi yangradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!