Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio «Katta dubulg‘a» musobaqasida qatnashmaydi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio «Katta dubulg‘a» musobaqasida qatnashmaydi

3-4 dekabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etmaydi.

Terma jamoa murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, sportchilarimiz hafta yakunida Tokioga borishadi. Biroq turnirda qatnashmay, undan so‘ng ishtirokchi davlatlar o‘rtasida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lishadi.

Yig‘in 20-22 dekabr kunlari Isroilda o‘tadigan Masters musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Qayd etish joiz, Masters nufuzi jihatdan jahon chempionatidan keyingi o‘rinda turuvchi musobaqa hisoblanadi. Shu bois, ayni paytda bor e’tibor ushbu startga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!