Prokuratura xodimidan 19 ming dollarini olib berishlarini so‘ragan M. Akbarova murojaati bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Prokuratura xodimidan 19 ming dollarini olib berishlarini so‘ragan M. Akbarova murojaati bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan fuqaro M.Akbarovaning videomurojaati yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

Bosh prokuratura tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro M.Akbarova tomonidan e’lon qilingan videomurojaat o‘rganildi.

Unga ko‘ra, M.Akbarova huquqni muhofaza qiluvchi organlardan prokuratura xodimi Raxmatullayev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSh dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishlikni so‘ragan.

Aniqlanishicha, JIB Yangiyo‘l tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan SH.Raxmatullayevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSh dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019 yil mart oyida Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan 13,8 mln. so‘m undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSh dollari hozirgi kundagi davlat kursi bo‘yicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 mln. so‘mdan qolgan 96 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda to‘liq taminlangan.

Fuqaro SH.Raxmatullayev haqiqatda 2000 yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!