DXX Sirdaryoda “jihodchilar”ning yashirin guruhi a’zolarini qo‘lga oldi

DXX Sirdaryoda “jihodchilar”ning yashirin guruhi a’zolarini qo‘lga oldi

Shu yilning 21 yanvar kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha DXX Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Sirdaryo viloyatida “jixodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mazkur guruhning 2 nafar yetakchisi Rossiya Federasiyasida mavsumiy ishlashi davomida radikal guruhlar ta’siriga tushib, yashash joyiga qaytib kelganlaridan so‘ng aholi orasida o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib qilish va Internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnomalarining ma’ruzalarini tarqatish bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida ta’qiqlangan ekstremistik va terrorchilik guruhlarga aloqador shaxslarning maqola va ma’ruzalarini internet tarmog‘idan yuklab olib, ularni saqlash va atrofdagilarga tarqatish, shuningdek, Suriya Arab Respublikasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etuvchi terrorchilik guruhlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan. 

Ushbu jinoiy guruh rahbarlari 2020 yilda Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, “Telegram” mobil messenjerida hayriya guruhini ochib, muqaddas qadamjoning qayta qurilishiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan mo‘min musulmonlarni aldab, ular tomonidan bank plastik kartasiga tushirilgan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanganlar.

Shu o‘rinda, qo‘lga olinganlardan ba’zilari karantin cheklovlari bekor qilingach, Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirish maqsadida ushbu mamlakat hududidagi maslakdoshlari bilan aloqada bo‘lib kelganlar.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu ekstremistik guruhning aholiga salbiy ta’siri va yoshlarni buzg‘unchi yo‘llarga boshlashining oldi olinib, viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ekstremistlarning barcha a’zolari qo‘lga olinib, yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tergov xarakatlari davomida, ularning jinoiy faoliyatini fosh etuvchi daliliy ashyolar olindi. 

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlar davom ettirilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!