DXX davlat chegarasiga yaqin hududda yashirin yer osti yo‘llari qazilgani hamda unga aloqador shaxslarni fosh qildi

DXX davlat chegarasiga yaqin hududda yashirin yer osti yo‘llari qazilgani hamda unga aloqador shaxslarni fosh qildi

Tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahridagi Z.M.Bobur MFYda yashovchi, 1990 y.t. guruh a’zosining yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, uning hovlisida eni 1m2, chuqurligi 12-12,5 metr va uzunligi 150 metr bo‘lgan, Qirg‘iziston Respublikasiga noqonuniy o‘tish uchun maxsus qazilgan yer osti yo‘li borligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, mazkur tumanning Birlik MFYda joylashgan, guruh a’zolaridan yana biriga tegishli xonadon hovlisida esa eni 1m2, chuqurligi 10-12 metr, uzunligi 400-420 metr atrofidagi ikkinchi yer osti yo‘li borligi aniqlangan edi. Ushbu yer osti yo‘liga qo‘lbola po‘lat izlarda harakatlanuvchi kichik hajmli, elektrodvigatelli aravacha o‘rnatilgan.

Ta’kidlash lozimki, 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi va 6 nafar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolaridan iborat uyushgan jinoiy guruhga 1974 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan shaxs yetakchilik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!