DXX ayol harbiy xizmatchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi

DXX ayol harbiy xizmatchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi

 

 

 

Davlat xavfsizlik xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oilada totuvlikni saqlash, farzandlarni kamolga yetkazish barobarida, yurt tinchligi, chegaralar daxlsizligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Nafosat bayrami arafasida DXX idoralarining ayol harbiy xizmatchilari o‘rtasida an’ana tusini olgan «To‘maris avlodlari» tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilib, unda ishtirokchilar «Dolzarb mavzu», «Saf tayyorgarligi», «Sharq durdonasi» «Oila qo‘rg‘oni bekasi» kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Bu haqda DXX matbuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar berdi.

Tanlovda iste’dodli, zukko, saf tayyorgarligi yuqori harbiy xizmatchilar ichidan eng munosiblari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!