DXR kuchlari yana ikkita aholi punktini ozod qildi

DXR kuchlari yana ikkita aholi punktini ozod qildi

Donesk Xalq Respublikasi hududiy mudofaa shtab-kvartirasi Telegram kanalida ikki qishloq ozod qilingani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“2022 yil 29 noyabr holatiga ko‘ra, Donesk Xalq Respublikasi hududida DXR va LXR qo‘shinlari guruhi Rossiya Qurolli Kuchlarining ko‘magida Pershe Travnya va Andreevkani ozod qildi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin rus qo‘shinlari Ugledar yo‘nalishida muvaffaqiyatlarga erishayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tez orada Ugledarning ozod etilishini kutish mumkin. Bundan tashqari, Rossiya armiyasi Artemovskni tezkor qurshovga olishga yaqin va Marinkada janglar allaqachon shahar markazida davom etmoqda.

DXR xalq milisiyasining ma’lum qilishicha, o‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlari 60 dan ortiq shaxsiy tarkibi, o‘ziyurar artilleriya moslamasi, to‘rtta gaubisa, ikkita tank va uchta dronni yo‘qotdi.

Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operasiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!