Dushanbe shahar sudi Izzat Omonni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi

Dushanbe shahar sudi Izzat Omonni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi

19 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahar sudi Rossiyadagi muhojirlarning huquq himoyachisi Izzat Omonni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” huquq himoyachisining advokati Saidburxon Sharipovga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharipov sud qaroriga rozi emasliklarini va yuqori instansiyalarga shikoyat qilishlarini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Izzat Omon yakuniy nutqida aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Bundan tashqari, u amnistiya bo‘yicha afv etilishini so‘ragan hamda ayblovga muvofiq barcha zararni qoplaganini ma’lum qilgan.

“Sud hukm chiqarayotganda Tojikiston Respublikasi qonunlarini buzdi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 49-moddasi va “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasini buzdi. Bu hukm noqonuniy hisoblanadi. Qonun kuchga kirganda, sud adolat qilishi kerak. Amnistiya to‘g‘risidagi qonun mening mijozimga nisbatan qo‘llanilishi kerak edi”, deydi Saidburxon Sharipov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!