Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi nomi ma’lum bo‘ldi

Yangi Zelandiyadagi eng yirik aviatashuvchi hisoblangan Air New Zealand dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deya tan olindi. Kompaniya AirlineRatings portali tomonidan 2022 yil uchun tuzilgan reytingning eng yuqori pog‘onasini egallagan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar BAA hamda Qatarning Etihad Airways va Qatar Airways aviakompaniyalariga nasib etgan. Ularning ortidan

  • Singapore Airlinews (Singapur);
  • TAP Air Portugal (Portugaliya);
  • SAS (Daniya, Norvegiya va Shvesiya);
  • Qantas (Avstraliya);
  • Alaska Airlines (AQSh);
  • EVA Air (Tayvan);
  • Virgin Australia/Atlantic (Buyuk Britaniya).

Reytingning eng oxirgi pog‘onasini — 20-o‘rinni Dubayning Emirates aviakompaniyasi egallagan.

Shuningdek, eng xavfsizlik loukoserlar qatoridan Allegiant (AQSh), Easyjet (Buyuk Britaniya), Frontier (AQSh), Jetstar Group (Avstraliya), Jetblue (AQSh), Ryanair (Irlandiya), Vietjet (Vyetnam), Volaris (Meksika), Westjet (Kanada) va Wizz Air (Vengriya) o‘rin olgan. Reyting mualliflari ularga alohida o‘rin bermagan, shunchaki aviatashuvchilarni alifbo tartibida joylashtirib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Qantas egallagandi. Qatar Airlines esa dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!