Dunyoning eng qimmat brendi qaysi ekanligi aniq bo‘ldi

Dunyoning eng qimmat brendi qaysi ekanligi aniq bo‘ldi

Kantar kompaniyasining Brandz Top 100 eng qimmat global brendlar reytingini tuzuvchilarga ko‘ra, Apple yana dunyoning eng qimmat brendi unvonini qo‘lga kiritdi.

Hozirda Apple brendi 947,1 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 55 foizga ko‘p. Oxirgi marta Apple brendi ushbu reytingning birinchi qatorini 2015 yilda egallagan, keyin esa Amazon muvaffaqiyat qozongan.

Top 5 talikka shuningdek:

Google, qiymati yil davomida 78 foizga o‘sdi va 820 milliard dollarga yaqinlashdi;

Amazon, qiymati 3 foizga oshib, 706 milliard dollarni tashkil qildi;

Microsoft to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi, brend narxi 49 foizga oshib, 611 milliard dollarga yetdi;

Tencent beshinchi o‘rinda qoldi, brend 11% ga tushib ketdi va 214 milliard dollarni tashkil qildi.

Top 10 talikka McDonald's, Visa, Facebook, Alibaba va Louis Vuitton kirdi.

Yil davomida 100 talikka kirgan barcha brendlarning umumiy qiymati 23 foizga o‘sib, qariyb 8,7 trillion dollarni tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!