«Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» ro‘yxati e’lon qilindi

«Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» ro‘yxati e’lon qilindi

O‘monda joylashgan Strategik tadqiqotlar islom markazi navbatdagi “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni“ ro‘yxatini e’lon qildi.

Bu safargi ro‘yxatning ilk besh pog‘onasida Qatar amiri Shayx Tamim ibn Hamad al-Tani, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz, Eronning oliy rahbari Sayid Ali Hamanai, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Iordaniya podshohi Abdulloh II bor.

Ro‘yxatga O‘zbekistondan marhum muftiy Usmonxon Alimov, Tojikistondan prezident Imomali Rahmon va muftiy Sayidmukarram Abdulqodirzoda, Turkmanistondan Gurbanguli Berdimuhamov ham kiritilgan.

“Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni“ ro‘yxati 2009 yildan beri Amerikaning Jorjtaun universiteti qoshidagi Musulmon-nasroniy hamfikrlilik markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda chop etib kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!