“Dunyoning bir chekkasi” filmi premyera qilinadi

“Dunyoning bir chekkasi” filmi premyera qilinadi

Bugun soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media hollda Kinematografiya agentligi hamda Yaponiyaning "Loaded films LTD" kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” ("Na kray sveta”) badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Kiyosi Kurosava. Filmda o‘zbek va yapon kinoaktyorlari Adiz Rajabov, Mirza Azizov, Muyassar Berdiqulova, Anvar Kartayev, Zulfiya Rayimqulova, Asuko Maeda, Shota Sometani, Rio Kase, Tokio Emotolar rol ijro etgan.

Ma’lumot uchun, kinokartina “Locarno Film Festival” xalqaro 72-kinofestivalida ilk bor namoyish etilgan va kinofestivalning eng sara filmi sifatida e’tirof etilgan.

Bugungi premyeraga kinoijodkorlar, mutaxassislar, OAV vakillari va yoshlar ham taklif etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!