Dunyodagi eng qudratli "Arktika" atom muzyorar kemasi Rossiya floti tarkibiga kirdi

Dunyodagi eng qudratli "Arktika" atom muzyorar kemasi Rossiya floti tarkibiga kirdi

Dunyodagi eng qudratli 22220 loyihasi doirasidagi "Arktika" atom muzyorar kemasi rasman Rossiya floti tarkibiga kirdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, yadroviy kemada Rossiya Federasiyasi bayrog‘i mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida ko‘tarilgan. Qabul qilish to‘g‘risidagi guvohnoma esa “Atomflot” hamda “Boltiq zavodi” bosh direktorlari Mustafo Kashka va Aleksey Kadilov tomonidan imzolangan.

22220 loyihasining atom muzyorarlari dunyodagi eng katta va eng qudratli hisoblanadi. Ular Arktikada Rossiyaning ustunligini ta’minlash uchun zarur bo‘lib, qalinligi uch metrgacha bo‘lgan muzni yorib o‘tib, kemalar kolonnalarini o‘tkaza oladi. "Arktika"dan qutbli daryolarning quyi qismida ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shimoliy Muz okeanida ham foydalanish mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!