Dunyoda neft bilan bog‘liq eng so‘nggi yangiliklarni bilasizmi?
- Eron bilan urush fonida AQSh strategik zaxirasidagi neft zaxiralari 1982 yildan beri eng past darajaga kamayib ketdi. O‘tgan haftada zaxirada 285 mln barrel neft qolgan edi - Reuters.
- Fransiyada benzin narxi yangi rekord darajaga yetdi - Le Figaro. Litri uchun o‘rtacha narx 2,11 yevroga ko‘tarildi — bu hukumat 1985-yilda bunday statistikani yuritishni boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Dizel yoqilg‘isi litri uchun taxminan 2,31 yevroga ko‘tarildi.
- Osiyo neftni qayta ishlash zavodlari juma kuni Saudiya Arabistoniga sodir bo‘lgan hujumdan keyin ta’minotning qisqarishi va nordon xom neft narxining ko‘tarilishiga tayyorlanmoqda - Reuters.
- Reuters agentligining xabar berishicha, Suriyada Assad ag‘darilganidan beri eng yirik norozilik namoyishlari yoqilg‘i narxlarining oshishi tufayli bo‘lib o‘tdi.
- Finlyandiyaning yagona neftni qayta ishlash zavodi sakkiz haftaga yopildi, yoqilg‘i narxi endi litri uchun 2,50 yevrogacha ko‘tarildi.
- Tramp Eron bilan mojaro yakunlanganidan so‘ng neft narxlari keskin tushib ketishini va bu yaqin kelajakda yuz berishini ma’lum qildi.
- 2026 yil avgust oyida O‘zbekiston bo‘yicha benzin o‘rtacha 1,9% qimmatlagan, yillik o‘sish 20,2% bo‘lgan. AI-92 avgustda 1,1%, AI-95 esa 4,9% oshgan. Yillik o‘sish esa 20,2% bo‘lgani qayd etilgan.
Saudiya Arabistonining Sharq-G‘arb neft quvuriga berilgan zarba, husiylarning Qizil dengizga chiqishi va Hormo‘z bo‘g‘ozining yaqin kunlarda ochilmasligini hisobga olsak neft narxi yanada oshishi mumkin.
