Dunyoda ilk marotaba muzqaymoqda koronavirus aniqlandi

Dunyoda ilk marotaba muzqaymoqda koronavirus aniqlandi

Xitoyning Tyanszin munisipalitetida mutaxassislar ilk marotaba muzqaymoq partiyasida koronavirus izlarini topishdi.

Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.

OAVning aniqlik kiritishicha, muzqaymoq ishlab chiqaruvchi kompaniya Yangi Zelandiya hamda Ukrainadan olib kelingan quruq mahsulotlardan foydalangan.

Ta’kidlanishicha, muzqaymoq partiyasi musodara qilingan va karantin ostiga olingan. Epidemiologiya xizmati muzqaymoqda xastalikni yuqtirib olish holatlarini istisno qilish uchun mahsulot bilan aloqa qilgan odamlarni qidirmoqda.

Lids universitetining virusologi, doktor Stiven Griffin bunday holat katta ehtimollik bir martalik bo‘lishi mumkinligini, muzqaymoq ichida koronavirus infekwiyasining aniqlanish sababi esa COVID-19ga chalingan odam bilan aloqada bo‘lish ekanligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!