Dunyoda ilk bora: Isroilning uchuvchisiz samolyoti fuqarolik aeroportiga qo‘ndi

Dunyoda ilk bora: Isroilning uchuvchisiz samolyoti fuqarolik aeroportiga qo‘ndi

Dunyoda birinchi marta " Heron" uchuvchisiz qurilmasi fuqarolik samolyotlari bilan umumiy havo maydoniga qo‘ndi, deb xabar bermoqda «LIGA.Tech».

Dronning qo‘nishi aeroport ishiga xalaqit bermagan. U odatdagi rejimda barcha fuqarolik samolyotlariga xizmat ko‘rsatgan, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi parvozi 1994 yilda sodir bo‘lgan “Heron” 2005 yilda tijorat uchun o‘tkazilgan. “Rotax 915 iS” dvigateli bilan jihozlangan yangilangan “Heron II” droni 10,5 km dan yuqori balandlikka ko‘tarilib, maksimal tezlikni 260 km/soatga yetkazishi mumkin. Shu bilan birga, “Heron II” yerga qo‘nmasdan 45 soatgacha havoda uchishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!