Dunyoda «COVID-19»ga qarshi emlanganlar soni yuqtirganlar sonidan ikki baravar oshdi

Dunyoda «COVID-19»ga qarshi emlanganlar soni yuqtirganlar sonidan ikki baravar oshdi

Dunyoda koronavirusdan emlanganlar soni yuqtirganlar sonidan ikki baravar oshdi. Bu haqda hukumat, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga asoslanib «TASS» xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 26 fevral kuni tushga qadar pandemiya boshlanganidan beri taxminan 227 million kishi emlangan, bu dunyo aholisining taxminan 2,9 foizini tashkil qiladi. Shu paytga qadar esa xastalik 113,1 million odamda aniqlangan. 

Agentlikning ta’kidlashicha, barcha emlanganlarning 75 foizi sakkizta mamlakat aholisiga to‘g‘ri kelgan: AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya, Isroil, Braziliya va Birlashgan Arab Amirliklari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!