Dunyoda 20 yil ichida muhojirlar soni 108 millionga o‘sdi

Dunyoda 20 yil ichida muhojirlar soni 108 millionga o‘sdi

2020 yilda dunyodagi muhojirlar soni 281 millionga yetdi, deb xabar berildi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) hisobotida.

Aniqlik kiritilishicha, 2010 yilda muhojirlar soni 221 million, 2000 yilda esa 173 million kishini tashkil etgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, COVID-19 pandemiyasi muhojirlar sonining o‘sishini biroz pasaytirgan, chunki mamlakatlar o‘rtasida harakat cheklangan.

Bundan tashqari, pandemiya sabab 2021 yilda kam va o‘rta daromadli mamlakatlarga migrantlar oqimining 14% pasayishiga olib kelishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!