Dunyoda 1 sutkada qancha odam koronavirusga chalindi?

Dunyoda 1 sutkada  qancha odam koronavirusga chalindi?

Keyingi sutkada jahon bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 79 mingta holat qayd etildi, 6 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

Statistikada keltirilishicha, 4 aprel holatiga dunyo bo‘yicha 1 051 635 nafar bemor va 56 985 nafar vafot etganlar qayd etilgan. Kasallik yuqtirganlar soni bir sutkada 79 332 kishiga yetgan, o‘limlar soni esa 6 664tani tashkil etgan.

Eng ko‘p bemor va o‘limlar soni Yevropaga to‘g‘ri keladi – mos ravishda 583 141 va 42 334 ta holat. Bu hududda sutka davomida bemorlar soni 41 333 nafarga, o‘limlar soni esa 5 231 taga ortgan.

Shimoliy va Janubiy Amerikada 279 543 kishi koronavirusga chalingan, 6 802 kishi vafot etgan. Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya ham kiruvchi G‘arbiy-Tinch okeani hududida bemorlar soni 110 362 nafar bo‘lib, 3 809 ta o‘lim qayd etilgan.  

JSST ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p kasallik yuqtirganlar AQShda  - 241 703 kishi. Keyingi o‘rinlarda Italiya (119 827), Ispaniya (117 710), Germaniya (85 778) va Xitoy (82 875) turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!