Dunyo olimlari: Koronavirusga qarshi vaksinalar 5-11 yoshli bolalarda 90,7 foiz samara beradi

Dunyo olimlari: Koronavirusga qarshi vaksinalar 5-11 yoshli bolalarda 90,7 foiz samara beradi

Dunyoda koronavirusga chalinayotganlar orasida bolalar ham ko‘p.

Ayniqsa, COVID-19ning “omikron” shtammi bugungi kunda jajji bemorlar salomatligiga ham xavf solmoqda.

Vaholanki, bunga qarshi kurashishning samarali vositasi mavjud. Shu sababli JSST o‘tgan yilning iyun oyida 5-11 yoshli bolalarni emlashga ruxsat berdi.

Sababi ushbu yosh guruhidagi bolalar o‘rtasida koronavirusga qarshi emlanish 90,7 foiz samaradorlik ko‘rsatdi.

Bu imkoniyatdan birinchi bo‘lib Xitoy foydalandi. Mamlakat rasmiylari iyul oyidayoq “Sinovac” va “Sinopharm” kompaniyalari vaksinalarini uch yoshdan oshgan bolalarda qo‘llashni ma’qulladi.

15 sentyabrdan esa Kubada ikki yoshli bolalar o‘rtasida emlash kampaniyasi boshlandi. Sal o‘tib, ya’ni 15 oktyabrdan bu safga Ekvador ham qo‘shildi. Bu yerda 5-11 yoshli bolalar ham “Pfizer”ning odatdagi dozasi uchdan bir qismini, olti oydan keyin esa ushbu vaksinaning ikkinchi komponentini, kattaroq yoshdagilar interval bilan ikki marta “Sinovac” dozasini olishga kirishdi.

O‘tgan yilning noyabr oyidan AQShda ham xuddi shu yoshdagilarni “Pfizer – BioNTech” vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi.

Qolaversa, Germaniya, Ispaniya, Gresiya, Italiya, Portugaliya, Fransiya, Vengriya, Isroil, Braziliya, Avstraliya kabi qator davlatlarda ham kichik yoshli o‘g‘il-qizlarni emlash tadbirlari davom ettirilmoqda.

Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiya, Estoniya, Saudiya Arabistoni hukumatlari ham shu yoshdagi bolalarni emlashga ruxsat bergan.

Kosta-Rika esa dunyoda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun COVID-19ga qarshi majburiy emlashni joriy qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu yerda vaksinasiya jarayonlari 2022 yil mart oyidan boshlanadi. Yaponiya hukumati esa ushbu yoshdagi o‘g‘il-qizlarni emlashga fevral oyidan kirishmoqchi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!