"Dunyo go‘zali" Ayshvariya Ray «Panama arxivi» ishi yuzasidan tergov qilinadi

"Dunyo go‘zali" Ayshvariya Ray «Panama arxivi» ishi yuzasidan tergov qilinadi

Hindistonlik aktrisa Ayshvariya Ray Bachchan ofshor akkauntlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan "Panama hujjatlari" yuzasidan so‘roqqa chaqirildi, deb yozadi The Indian Express. Hozircha aktrisaga rasman ayblov qo‘yilmagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2005 yilda Bachchanlar oilasi Britaniyaning Virgin orolida Amic Partners Limited nomli ofshor kompaniyaga asos solgan. Kompaniya oradan 3 yil o‘tibgina yopilgan. Qayd qilinishicha, aktrisa xorij valyutasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik ayblovi bilan so‘roq qilinmoqda. Ammo hali rasmiy ayblov e’lon qilinmagan.

11,5 million Panama hujjatlaridan kamida 12 mingtasi Hindiston fuqarolariga tegishli. Ro‘yxatda Ayshvariya Ray Bachchandan tashqari uning qaynotasi, aktyor Amitabh Bachchan ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!